Nagoya-O’zbekiston Do’stlik Jamiyati Stipendiyasi

​​2022 yil uchun Nagoya-O’zbekiston Do’stlik Jamiyati Stipendiyasi

1. Maqsadi:

Aichi prefekturasida tahsil olayotgan, qobiliyatli, O’zbekiston fuqarosi bo’lgan talabalarni rag’batlantirish uchun ta’sis etilgan stipendiya 

2. Tanlov rezumesi:

(1) Qabul qilinadigan talabalar soni: 5 nafar

(2) Belgilangan stipendiya: 50000 yen (bir kishi uchun)

3. Topshirish shartlari:

(1) Fuqaroligi: O’zbekiston

(2) Kimlar topshira oladi: Aichi prefekturasida joylashgan universitet, kasb-hunar maktablari (yapon tili maktabi ham kiradi) da tahsil olayotgan bo’lishi;

(3) Yashash joyi: Aichi prefekturasi

(4) Baholar: Baholari a’lo hamda ariza topshirgunga qadar bo’lgan darslardagi ishtiroki 90% bo’lishi kerak. 

(5) Quyidagi mavzuda esse yozib FANUZ elektron manzilimizga yuborilishi lozim. 

日本語:「日本とウズベキスタンの国交正常化30周年」

 英語:Essay topic: “30th anniversary of the establishment of diplomatic relations between Japan and Uzbekistan”

Diqqat qiling Esseni yapon tilida 3000 ta so’zdan iborat atrofida, ingliz tilida esa 1500 ta so’z atrofida yozib, topshirish lozim. 

4. Ariza topshirish tartibi (davomi)ga:

Quyidagi taqdim etiladigan hujjatlarni yig’ib pastda ko’rsatilgan manzilga yuborish (Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi)

Taqdim etiladigan hujjatlar:

(1)Ilovada ko’rsatilgan shakldagi anketa 

(2) Ilovada ko’rsatilgan shakldagi Eesse

Nagoya-O’zbekiston Do’stlik Jamiyati

Elektron manzil: fanuzjp@gmail.com

5. Tanlash usuli: 

Tanlov komissiyasi tomonidan ariza beruvchilarning hujjati va yozilgan esselar ko’rib chiqiladi va qaror qilinadi. Arizachiga ariza berilgan tashkilot orqali xabar qilinadi. 

6. Muhim muddatlar

(1) Hujjat va esseni topshirish muddati:

2022-yil, 21-dekabr 24:00 ga qadar (Chorshanba)

(2) Tanlab olish va g’oliblarga xabar qilish muddati 

2022-yil, 23-dekabr (Juma)

(3) G’oliblarga sovrinlarni topshirish

2022-yil, 24-dekabr, Nagoyadagi FANUZ Yangi yil bayrami tadbirida bo’lib o’tadi. 

G’oliblar ushbu tadbirga albatta qatnashishlari so’raladi. 

7. Qabul qilingandan keyingi majburiyat: 

Nagoya-O’zbekiston Do’stlik Jamiyati homiyligida o’tkaziladigan tadbirlar (seminar va hakozo)da ishtirok etish. ️Quyidagi link orqali ariza blankasini yuklab olishingiz mumkinhttps://drive.google.com/drive/folders/1BJb6Kr8zDdBykGqcikQNXtFHQmg4jx7X?usp=share_link